Qirg‘iziston – O‘zbekiston chegarasida maxfiy tunnel topildi

Olam

image

Qirg‘izistonning Botken viloyatida O‘zbekiston bilan chegarada kontrabanda uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan yerosti tunneli topildi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qirg‘iziston Ekstremizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash xizmati xodimlari chegara hududida tovarlarni noqonuniy olib o‘tish maqsadida tunnel qazilayotgani haqida ma’lumot olgan.

Tekshiruv davomida Qadamjoy tumanidagi “Chechelik” qishlog‘ining Mamajanov ko‘chasida joylashgan tashlandiq uylardan birida qo‘shni davlat O‘zbekistonga yo‘nalgan tunnel aniqlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tunnelning chuqurligi qariyb 12 metr, eni esa 1,5 metrni tashkil etadi.

Hozirda Botken viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tergov xizmati holat yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasidagi hududda neft mahsulotlari kontrabandasi uchun foydalanilgan 450 metr uzunlikdagi yerosti tunneli borligi aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing