Qirg‘iziston somni mustaqil chop etishni boshladi

Olam

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov o‘z tarixida ilk bor milliy valyuta – somni mustaqil ravishda chop etishni boshlaganini e’lon qildi. Bu haqda bugun, 27 mart kuni “24.kg” xabar berdi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, avvalari mamlakat banknotlarni tayyorlashga xorijdan buyurtma bergan va bunga qo‘shimcha xarajatlar sarflagan. Endilikda respublika nafaqat o‘zini ta’minlash, balki boshqa davlatlar uchun ham buyurtmalarni bajarish darajasiga chiqqan.

Davlat rahbari Qirg‘iziston pul belgilarini ishlab chiqarishda barcha zarur standartlarga muvofiqligini tasdiqlovchi xalqaro sertifikat olganini ta’kidlagan.

Bundan tashqari, mamlakatda milliy hujjatlar – umumfuqarolik pasportlari, ID-kartalar, haydovchilik guvohnomalari va transport vositalarining texnik pasportlarini chiqarish yuqori darajada yo‘lga qo‘yilgan. Japarov Qirg‘iziston boshqa davlatlar uchun ham valyuta, ham davlat hujjatlarini chop etishga tayyorligini bildirgan. Uning aytishicha, allaqachon bir necha davlatdan buyurtmalar kelib tushmoqda.

U mahsulotlarning himoya darajasi yuqori xalqaro talablarga javob berishi, bu esa qalbaki nusxa ko‘chirishni deyarli imkonsiz qilishini, shu bilan birga xizmat narxi hamyonbop ekanini qo‘shimcha qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

valyuta Sadir Japarov som

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing