Qichqiriq va vahima: Bangkokdagi bar odamlari bilan birga yonib ketdi (fotoreportaj)
Olam
−
13 iyul 5762 1 daqiqa
Avvalroq, Tailand poytaxti Bangkokdagi barda yong‘in oqibatida 27 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Hozirda qurbonlarning shaxsi aniqlanib, hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.


Ma’lumotlarga qaraganda, qurbonlarning 9 nafari erkak kishi, 18 nafari esa ayollar bo‘lgan. 22 kishi og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan.


Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in avval binoning old qismida boshlangan va qisqa vaqt ichida butun zalga tarqalgan. Ichkarida odamlarning qichqirig‘i eshitilib, vahima boshlangan.

(3).png.jpg)
Hodisa joyida o‘tkazilgan tekshiruvlarda bino ichida kuygan televizorlar, karnaylar, elektr gitara va boshqa jihozlar topilgan. Derazalar singan, zal ichidagi stol va stullar yong‘indan zarar ko‘rgan.

Halok bo‘lganlarning yaqinlari jasadlarni aniqlash uchun politsiya morgiga yig‘ilgan. Rasmiylar qurbonlarning aksariyati 25 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan Tailand fuqarolari ekanini ma’lum qilgan.

Shuningdek, xorijlik fuqarolar orasida jabrlanganlar bor-yo‘qligi ham tekshirilmoqda. Avstraliya hukumati Tailand tomoni bilan o‘z fuqarolari orasida jabrlanganlar bor yoki yo‘qligini aniqlash bo‘yicha ish olib borayotganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, hodisa 13 iyulga o‘tar kechasi Bangkokning shimoliy qismida joylashgan “Rong Beer Na Lat Phrao” barida yuz bergan.
Live
Barchasi