Kemeron Mahmud Abbosga G‘azo bo‘yicha rejasini aytdi

Olam

image

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Falastin Prezidenti Mahmud Abbos bilan blokadadagi G‘azo sektoridagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Britaniya diplomatiyasi rahbari X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

“Prezident Abbos bilan G‘arbiy Sohil va G‘azo sektoridagi vaziyatni muhokama qilish uchun uchrashdim. Bizning pauzadan – yordam yetkazib berish va mahbuslarni olib chiqishdan – uzoq muddatli siyosiy yechimga, jumladan, Falastin davlatini yaratishga olib keladigan barqaror o‘t ochishni to‘xtatishga o‘tish rejamizni bayon qildik”, deb yozdi vazir.

Bir kun avval Kemeron Isroilga uchta asosiy masalani muhokama qilish uchun kelgani haqida yozgandi.

Vazirning aniqlik kiritishicha, yig‘ilish kun tartibiga mahbuslarni zudlik bilan ozod qilishga ko‘maklashish, ko‘proq nazorat punktlari orqali G‘azoga insonparvarlik yordamini ko‘paytirish, vaqtinchalik gumanitar pauza, keyin esa barqaror o‘t ochishni to‘xtatishga o‘tish kiradi.

Kemeron, shuningdek, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va isroillik mavqedoshi Israel Kats bilan tushgan suratlarini ham joylashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak 23 yanvar kuni mamlakat parlamentining Jamoatlar palatasida  qilgan chiqishida HAMAS Falastin anklavida tinchlikni ta’minlash uchun garovga olingan barcha isroilliklarni ozod qilishi va G‘azo sektori ustidan nazoratdan voz kechishi kerakligini aytgandi. U  Britaniya hukumati doimiy ravishda Yaqin Sharq mojarosini ikki davlatning yonma-yon yashashi tamoyili asosida hal etish tarafdori ekanini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Falastin Isroil Mahmud Abbos G'azo Bin'yamin Netan'yaxu Devid Kemeron Israel' Kats

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing