Qatardagi o‘zbekistonliklarning so‘nggi guruhi ortga qaytarildi
Jamiyat
−
09:54 581 1 daqiqa
Joriy yilning 13-14 mart kunlari O‘zbekiston elchixonasi tomonidan evakuatsiya qilinayotgan fuqarolarning so‘nggi guruhi yo‘lga chiqdi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Rejalashtirilgan marshrutga muvofiq, 96 nafar fuqaro Dohadan Dubaygacha avtobuslarda yo‘l olib, u yerdan Dubay–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha samolyotda parvoz qilishadi.
Elchixona xodimlari fuqarolarni olib ketgan avtobusni chegaragacha kuzatib boradi. Evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar ko‘rsatilgan amaliy yordam va xavfsiz evakuatsiya jarayoni samarali tashkil etilgani uchun O‘zbekiston rahbariyatiga, xorijdagi diplomatik vakolatxonalarga samimiy minnatdorlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaqin Sharqdagi urush fonida joriy yil 28 fevraldan buyon ushbu mintaqadan qaytarilgan o‘zbekistonliklar soni 32 934 nafarga yetgandi.
Live
Barchasi