Qashqadaryoda 4 yoshli o‘g‘lini sotmoqchi bo‘lgan ona va uning hamtovog‘i qo‘lga olindi
Jamiyat
−
04 iyun 2021 7062 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida 4 yoshli farzandini sotmoqchi bo‘lgan ona va uning sherigi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Chiroqchi tumani ro‘yxatida turib, Shahrisabz shahrida vaqtincha yashovchi 35 yoshli A.A. Kitob tumanida doimiy ruyxatda turib, vaqtincha Shahrisabz shahri "Laylakon" MFYda yashovchi 43 yoshli A.A. bilan 4 yoshli o‘g‘lini sotmoqchi bo‘lgan.
Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan huquq-tartibot organlari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida ayollar bolani tumanda joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasida 25 million so‘mga sotayotganda qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, Navoiyda 3 yoshli farzandini 60 mln so‘mga hamda Buxoroda yangi tug‘ilgan nabirasini 8 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayollar ushlangandi.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust