Qashqadaryoda 15 yashar qizni jinsiy qullikda saqlagan ayolga sud hukmi o‘qildi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatida voyaga yetmagan qizni o‘z uyida saqlab, uni jinsiy aloqa qilishga jalb qilgan ayol qamaldi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudida 2009 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar yuzasidan yopiq tarzdagi sud muhokamasi bo‘lib o‘tgan. Joriy yilning 8 aprel kuni sud sudlanuvchilarni aybli deb topgan.

Jumladan, sudlanuvchi ayol N.A. Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismining “a”,“g” bandlari (Odam savdosi) hamda 127- moddasining 3-qismi (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Shuningdek, sudlanuvchilar A.F. (erkak) va Sh.U. (erkak) Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismining “a” bandi (Nomusga tegish), 135-moddasi 3-qismining “a“,“g” bandlari (Odam savdosi), 127-moddasining 3-qismi (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan aybli deb topilib, ularga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilgan.

Mazkur hukm yuzasidan sudlanuvchilar tomonidan apellyatsiya tartibida berilgan shikoyat Qashqadaryo viloyati sudi apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan va birinchi instansiya sudi hukmi o‘zgarishsiz qoldirilgan.

“Voyaga yetmagan jabrlanuvchi Ch.T.ga jinoyat ishi yurituvi davomida va hozirda Bolalar ombudsmani va tegishli tashkilotlar tomonidan zarur bo‘lgan barcha ijtimoiy huquqiy va psixologik ko‘mak ko‘rsatilmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Shahrisabz tumani Xo‘jabog‘ qishlog‘ida yashovchi N.A. 15 yoshli qizni o‘zining uyida 7 oy davomida ( 2023 yilning may oyidan 15 noyabr kuniga qadar) majburan saqlab, zo‘rlik va tahdid orqali uni turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada pul berishni va’da qilib, o‘smir bilan jinsiy aloqa qilgan yigit ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud Qashqadaryo Bolalar ombudsmani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing