Qarshida pul evaziga Milliy gvardiyaga ishga kiritmoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga tushdi
Jamiyat
−
27 yanvar 2021 5132 1 daqiqa
Qarshi shahrida fuqaroni Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro M.T. fuqaro R.S. ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Milliy gvardiya tizimiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 4500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olmoqchi bo‘lgan.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tadbirda M.T. ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan.
Live
Barchasi