Italiyalik mashhur himoyachi “Barselona”ga o‘tmoqchi
Sport
−
10:30 770 1 daqiqa
Italiya terma jamoasi va “Inter” klubi himoyachisi Alessandro Bastoni “Barselona”ga o‘tish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, agar milanliklarga jiddiy taklif tushsa, “Inter” futbolchini sotishga tayyor. Gap 50 million yevrodan yuqori summa va qo‘shimcha bonuslar haqida bormoqda. Bu holat “Barselona” rahbariyatining e’tiborini tortgan.
Qayd etilishicha, Bastoni aynan “Barselona”ga o‘tishga qiziqish bildirmoqda va hozircha boshqa klublardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqmayapti. Uning “neradzurri” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, “Inter” Bastonini 2017 yilda “Atalanta”dan 31 million yevrodan ortiq mablag‘ evaziga transfer qilgan. U dastlab ikki yilni ijara asosida “Atalanta” va “Parma”da o‘tkazgan, 2019 yildan esa milanliklar safida asosiy tarkib futbolchisiga aylangan. Shu vaqt ichida Bastoni “Inter” safida 293 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 30 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Live
Barchasi