Istanbulda jinoiy to‘daga aloqador 37 nafar mulozim qo‘lga olindi
Olam
−
20 iyul 2358 1 daqiqa
Istanbulda rahbari xorijda ekani taxmin qilinayotgan uyushgan jinoiy guruhga qarshi o‘tkazilgan operatsiyada orasida politsiya xodimlari, advokatlar va turli davlat idoralari vakillari bo‘lgan 37 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Bu haqda “TRT Haber” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Istanbul politsiyasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi tomonidan Istihborot (razvedka) boshqarmasi bilan hamkorlikda, Bakirko‘y prokuraturasi olib borayotgan tergov doirasida xorijda bo‘lgani taxmin qilinayotgan shaxs boshchilik qilayotgan qurollangan uyushgan jinoiy guruhga qarshi tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tergov davomida avvalroq ushlangan ikki nafar gumonlanuvchining raqamli qurilmalari o‘rganilib, jinoiy mazmundagi yozishmalar aniqlangan. Bu ma’lumotlar asosida guruhga aloqador shaxslarni aniqlash ishlari kengaytirilgan.
Davom etayotgan tergovda telefon aloqalari qaydlari (HTS), Turkiya Moliyaviy jinoyatlarni tergov qilish kengashi (MASAK) hisobotlari, log qaydlari va boshqa dalillar tahlil qilinib, jinoiy guruh bilan bog‘liqligi aniqlangan shaxslarni ushlash uchun Istanbulning turli manzillarida bir vaqtning o‘zida operatsiya o‘tkazilgan.
Qayd etilishicha, operatsiya davomida orasida bojxona nazorati xodimi, sud kotibi, probatsiya xizmati xodimi, advokatlar va politsiyachilar ham bo‘lgan 37 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya poytaxti Anqara shahrida bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti arafasida o‘tkazilgan alyansga qarshi namoyishlarda 100 dan ortiq kishi qo‘lga olingandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust