Issiq havo JCHda yangi tartibga sabab bo‘lishi mumkin
Sport
−
10 iyun 1286 1 daqiqa
Ayrim milliy terma jamoalar 2026 yilgi Jahon chempionati uchrashuvlari vaqtida kuzatilayotgan kuchli issiq ob-havo tufayli zaxira o‘yinchilarni o‘rindiqda emas, balki kiyinish xonalarida saqlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “The Touchline” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, agar bosh murabbiy o‘yinchi almashtirishga qaror qilsa, yordamchi murabbiy kiyinish xonasiga borib, tegishli futbolchiga isinishni boshlash haqida xabar beradi. Bu chora futbolchilarni yuqori harorat ta’siridan asrash va ularning jismoniy holatini saqlab qolish maqsadida muhokama qilinmoqda. Biroq bu amaliyot yuzasidan FIFA yoki biror bir mamlakat futbol federatsiyani rasmiy izoh bergani yo‘q.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati joriy yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq olimlar Jahon chempionati vaqtida xavfli darajadagi issiq ob-havo kuzatilishi mumkinligi to‘g‘risida futbolchilar va muxlislarni ogohlantirgandi.
Live
Barchasi