Isroilning Jabaliyaga takroriy zarbasi oqibatida 200 ga yaqin kishi halok bo‘ldi

Olam

image
“Qiyomat bo‘lgandek”. Jabaliya qochqinlar lageriga berilgan aviazarba oqibatlari (fotoreportaj) north_east

“Qiyomat bo‘lgandek”. Jabaliya qochqinlar lageriga berilgan aviazarba oqibatlari (fotoreportaj)

Isroilning G‘azo sektoridagi Jabaliya qochqinlar lageriga bergan takroriy zarbalari oqibatida kamida 195 kishi halok bo‘ldi, yana 777 kishi yaralandi. Bu haqda “Sky News Arabia” HAMAS harakati matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, 31 oktyabr va 1 noyabr kunlari lagerga uyushtirilgan hujumlar oqibatida 120 ga yaqin odam bedarak yo‘qolgan yoki vayronalar ostida qolmoqda. 

CNN telekanalining G‘azo sektoridagi Indoneziya shifoxonasi direktori Atef al-Kalutga tayanib xabar berishicha, hujumlardan so‘ng shifoxonaga kamida 80 kishining jasadi keltirilgan, vayronalar ostidan yana ham ko‘prog‘i qazib olinmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlarning aksariyati ayollar va bolalardir.

“Isroil kuchlari zarba berilganini tasdiqladi va chorshanba kuni G‘azo sektoridagi Jabaliya qochqinlar lageriga berilgan ikkinchi zarbada HAMASning yana bir qo‘mondoni o‘ldirilganini ma’lum qildi”, deb yozadi "The Jerusalem Post".

Ushbu halok bo‘lgan odam HAMASning tankka qarshi raketa bo‘linmasi boshlig‘i Muhammad Assor ekani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 31 oktyabr kuni kechqurun Isroil harbiy-havo kuchlari Jabaliya qochqinlar lageriga hujum qilgan edi. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi hujum oqibatida kamida 100 kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgandi. Isroil mudofaa kuchlari matbuot kotibi Daniel Hagariy ham lagerga zarba berilganini tasdiqlagandi.

Shuningdek, kecha, 1 noyabr kuni Isroil blokada ostidagi ushbu qochqinlar lagerini yana bombardimon qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing