Isroilning Livanga zarbasi oqibatida BMT xodimlari ham halok bo‘ldi
Olam
−
24 Sentabr
2530Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi xodimi va tashkilotning shartnoma asosida ishlagan xodimi Isroilning Livanning turli mintaqalariga bergan zarbalari oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda tashkilotning respublikadagi vakolatxonasi xabar berdi.
“BMT qochqinlar bo‘yicha oliy komissarligi Livanda BMTning qochqinlar bo‘yicha oliy komissarlari oilasining ikki qadrdon a’zosining o‘ldirilganidan g‘azab va chuqur qayg‘usini bildiradi”, deyiladi xabarda.
Livan sharqidagi Bekaa vodiysidagi BMT qochqinlar komissarligi idorasida 12 yil ishlagan Dina Darvish va uning kenja o‘g‘li Isroil raketasi oilasining uyiga kelib tushishi oqibatida halok bo‘ldi. Shifokorlar Dinaning eri va uning ikkinchi o‘g‘lini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishdi.
Bundan tashqari, kecha, 23 sentyabr kuni Livan janubidagi Tir shahrining o‘qqa tutilishi oqibatida BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligining ushbu shahardagi vakolatxonasi bilan kontrakt tuzgan tozalash kompaniyasi xodimi Ali Basma halok bo‘ldi. U BMT agentligida yetti yildan beri ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroilning Livanning turli mintaqalariga bergan zarbalari oqibatida deyarli 560 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi. Ushbu qurbonlarning qanchasi “Hizbulloh”ga aloqador ekani noma’lum.
LiveBarchasi