Isroildagi o‘zbekistonliklar yana ogohlantirildi

Olam

image

Eron va Isroil o‘rtasidagi keskinlik sababli Isroildagi O‘zbekiston fuqarolaridan Frontorti buyrug‘iga qat’iy amal qilish so‘raldi. Bu haqda O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi elchixonasi ogohlantirish bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, Isroil hududida xavfsizlik masalalari bo‘yicha Frontorti buyrug‘i tomonidan maxsus ogohlantirishlar beriladi. Ushbu belgilangan rasmiy ko‘rsatmalarga qat’iy amal qilish so‘raladi.

Qizil rangdagi ogohlantirish – bu xavfli vaziyatni anglatadi. Bunday paytda:

  • Yaqindagi himoyalangan joy (bomboubejie/mamat) yonida bo‘lish lozim;
  • Harakatlanishni cheklash zarur;
  • Sirena eshitilganda zudlik bilan himoyalangan joyga kirish va yangi ogohlantirish berilgunga qadar shu yerda qolish kerak.

Ko‘k rangdagi ogohlantirish – xavf o‘tganini va himoyalangan joyni tark etish mumkinligini bildirish uchun beriladi. Boshpanalar yonida qolish shart emas.

Har qanday holatda ham rasmiy organlarning ko‘rsatmalariga rioya qilish va yaqin atrofdagi boshpana joylari haqida avvaldan ma’lumotga ega bo‘lish zarur.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil va AQSHning Eronga hujum boshlashi ortidan Isroildagi o‘zbekistonliklar ogohlantirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing