Isroil yordam kutayotgan g‘azoliklarni o‘qqa tutdi. 51 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Isroil armiyasi G‘azo sektorida navbatdagi qirg‘inni amalga oshirdi. Kecha, 30 iyul kuni  sektor shimolidagi Sudaniya hududida gumanitar yordam kutayotgan falastinliklar hujumga uchradi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 51 kishiga yetgan, 648 kishi jarohatlangan. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa uch soat davomida, mahalliy aholi Zikim hududidan kelayotgan yuk mashinalaridan un va gumanitar yordam olish uchun Sudaniya tomon yo‘l olgan paytda sodir bo‘lgan. Konvoy ataylab o‘qqa tutilgan.

“Ushbu qirg‘in Isroilning ochlikdan urush quroli sifatida qanday foydalanayotganini, oziq-ovqat izlayotgan tinch aholini sovuqqonlik bilan nishonga olishini hamda xalqaro va gumanitar huquqning barcha normalarini qo‘pol ravishda buzayotganini yana bir bor ko‘rsatdi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, o‘sha kuni G‘azoga bor-yo‘g‘i 112 ta gumanitar yuk mashinasi ruxsat etilgani, ularning ko‘p qismi Isroil tomoni ataylab yaratgan tartibsizlik sharoitida talon-taroj qilingani xabar qilingan. G‘azo ma’muriyati eksklav hayotining muhim sohalarining asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun kuniga kamida 600 yuk mashinasi gumanitar yordam va yoqilg‘iga ehtiyoj borligini yana bir bor ta’kidladi. “Bo‘g‘uvchi va qonli blokada” sharoitida bunday ta’minot hajmiga erishish mumkin emas.

G‘azo fuqarolik mudofaasi vakili Mahmud Basal 29 iyul kuni Zikim hududidagi o‘qqa tutilishi oqibatida 40 dan ortiq odam halok bo‘lgani, mahalliy shifoxonalar yaradorlar bilan to‘lib ketgani haqida xabar bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo Sudaniya Mahmud Basal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing