Isroil Suriyaga raketa hujumi uyushtirdi
Olam
−
02 may 2023 7529 1 daqiqa
Kecha, 1 may kuni Isroil Suriyaga raketa hujumini uyushtirdi. Ushbu hujum oqibatida bir askar halok bo‘ldi, yana 7 nafar askar yaralandi. Bu haqda Suriya ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Suriya havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari Aleppo (Halab) yaqinida Isroil raketalarini tutib olgan va ularning bir qismini urib tushirgan.
“Isroilliklar Suriya shahri yaqinidagi aeroport va ba’zi ob’ektlarni nishonga olgan va bir qancha moddiy zarar yetkazgan”, deyiladi xabarda.
Hozirda hujum oqibatida Aleppo xalqaro aeroporti ishdan chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, Isroil 7 oy ichida to‘rtinchi bor ushbu aeroportga raketa hujumini amalga oshirishidir.
Bundan tashqari, joriy yilning 29 aprel kuni Isroil armiyasi Suriyaning Xoms viloyatidagi bir qator nishonlarga raketa hujumi uyushtirgandi. Oqibatda uch nafar tinch aholi halok bo‘lgan.
Isroil rasmiylari esa an’anaga sodiq qolgan holda bu borada bayonot berishdan o‘zini tiygan.