Isroil gumanitar yordamdan HAMAS naf ko‘rayotganini aniqlasa, yuklar kiritilishini to‘xtatmoqchi

Olam

image

Isroil xavfsizlik xizmatlari G‘azo sektoriga yetkazilgan barcha insonparvarlik yordamlarini tekshirmoqda va agar bu tovarlar HAMAS ixtiyoriga yetib borishi haqida dalillar mavjud bo‘lsa, ular bloklanadi. Bu haqda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu idorasi bayonot berdi.

“Oziq-ovqat va dori-darmonlar Misr orqali keladi va Isroil xavfsizlik xodimlari tomonidan tekshiriladi va nazorat qilinadi. Barcha narsalar tinch aholi uchun mo‘ljallangan. Agar HAMAS ularni olib ketayotgani aniqlansa, yetkazib berish to‘xtatiladi”, deyiladi matnda.

Netanyaxu idorasining iddao qilishicha, gumanitar yordam Isroilga maqsadlarini amalga oshirish uchun muhim faoliyat maydonini taqdim etadi.

"Yordam Isroildan emas, balki xalqaro tashkilotlardan keladi", deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 oktyabrdan Isroil G‘azo sektori janubiga dori-darmon, oziq-ovqat va ichimlik suvi olib ketayotgan yuk mashinalariga ruxsat bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil insonparvarlik yordamlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing