Isroil G‘azodagi universitetga hujum qildi

Olam

image

Isroil kuchlari G‘azo shahridagi G‘azo islom universiteti binosiga hujum qildi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Hujum oqibatida bino jiddiy zarar ko‘rdi. Hujumdan oldin harbiylar universitetda bo‘lgan falastinliklarni evakuatsiya qilishga chaqirgan.

Isroil hukumati 8 avgust kuni G‘azo shimolini bosib olish rejasini ma’qullagach, Isroil armiyasi u yerda yashovchi falastinliklarni janubga olib borish uchun hujumlarni kuchaytirdi. G‘azo qirg‘og‘idagi vaqtinchalik lagerlarda ahvol shunchalik yomonki, oxirgi kunlarda Isroilning qahatchilikka duchor bo‘lgan, G‘azo shahriga yo‘naltirilgan yangi hujumidan qochgan ba’zi odamlar endi portlayotgan bombalarga qaramay, yana shaharga qaytishga majbur bo‘lmoqda. Qochoqlar, asosan, G‘azo shahri g‘arbidagi dengiz bo‘yi va yoki janubdagi Mavasi hududiga yo‘nalmoqda. Mavasi – Isroil tomonidan “gumanitar zona” deb belgilangan, dengiz sohili va qishloq yerlari bo‘ylab cho‘zilgan katta chodir shaharchasi. Biroq bu yerga kelgan ko‘pchilikka chodir topilmadi, suv ta’minoti juda kam, tibbiy yordam yetarli emas. 

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa “butun G‘azo ustidan nazorat o‘rnatish” niyatini bildirdi. Ma’lumot uchun, Isroil G‘azo sektorini 1967 yildan 2005 yilgacha 38 yil davomida bosib olgan. 2,3 millionga yaqin aholiga ega bo‘lgan eksklav 18 yildan beri qattiq blokadada.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing