Isroil Xon-Yunus aholisining evakuatsiyasini talab qilmoqda

Olam

image

Isroil harbiylari G‘azo sektorining janubidagi Xon-Yunus shahri aholisi yashayotgan bir nechta hududni bo‘shatishni talab qilib, u yerlarga kuchli havo zarbalari berilishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Isroil armiyasi vakili Avixay Adraye o‘zining Telegram sahifasida yozdi.

U joylashtirgan xaritada G‘azo sektori turli qismlarga bo‘lingan va “taqiqlangan hududlar” qizil rangda belgilangan. Xarita bo‘yicha Xon-Yunusdagi 36, 40 va 89-uchastkalar evakuatsiya zonasiga kiritilgan. Adraye bu joylarga yaqin vaqt ichida kuchli zarbalar berilishini ma’lum qilib, mahalliy aholiga G‘azoning shimoliy qismida joylashgan Deyr al-Balah shahriga ko‘chishni va orqaga qaytmaslikni tavsiya qilgan.

Ma’lumot uchun, 2023 yilning 7 oktyabrida boshlangan Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy hujumlari oqibatida hozirgacha kamida 56 ming 647 nafar falastinlik halok bo‘lgan, 134 ming 105 kishi turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.

Shuningdek, 2024 yilning 19 yanvaridan boshlab joriy etilgan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi buzilib, 18 martdan boshlab yana yangi hujumlar boshlangach, 6315 kishi halok bo‘lgan, 22 ming 64 kishi yaralangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 iyul kuni Isroil Mudofaa armiyasi (SAXAL) G‘azo sektorida olib borilayotgan harbiy amaliyotlarni yangi hududlarga kengaytirgani haqida xabar bergandi. Armiyaning ma’lumotiga ko‘ra, 30 iyun kuni davomida Isroil Harbiy-havo kuchlari tomonidan 140 ta harbiy nishon yo‘q qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

evakuatsiya Isroil G'azo Xon-Yunus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing