Isroil G‘azo shahrida gumanitar pauzalarni bekor qildi

Olam

image

Isroilning SAXAL kuchlari G‘azo shahriga qarshi yirik hujumga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda, shaharni “xavfli jangovar hudud” deb e’lon qildi.

“Bugun (29 avgust kuni) mahalliy vaqt bilan soat 10:00 dan boshlab harbiy harakatlardagi mahalliy taktik pauza xavfli jangovar hudud hisoblangan G‘azo shahri hududiga tatbiq etilmaydi”,  deyiladi SAXAL xabarida.

Gumanitar tashkilotlar aholiga yordam yetkazishi mumkin bo‘lgan “taktik pauzalar” shaharda iyul oyi oxiridan, ocharchilik haqida qayta-qayta xabar berilganidan so‘ng Isroil aholiga gumanitar yordam yetkazilishiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilganidan beri amalda bo‘lgan.

Isroilning da’vo qilishicha, G‘azo HAMAS guruhining so‘nggi tayanchlaridan biri, shuning uchun shahar SAXAL nazorati ostiga olinishi kerak. Shu bilan birga, ko‘plab xalqaro tashkilotlar shaharda jangovar harakatlardan ogohlantirmoqda, chunki u butun sektor uchun muhim infratuzilma ob’ektlarini, jumladan, tibbiyot muassasalarini o‘z ichiga oladi.

Isroil Birlashgan Millatlar Tashkilotidan G‘azo sektorining ayrim qismlarida to‘liq miqyosdagi ocharchilik haqida e’lon qilgan Ochlikni tekshirish qo‘mitasi hisobotini zudlik bilan qaytarib olishni talab qildi.

“Hisobotni tuzgan BMT agentligi siyosiylashtirilgan va terrorchi tashkilot manfaatlari yo‘lida ishlamoqda”, dedi Isroil Tashqi ishlar vazirligi bosh direktori Eden Bar-Tal 27 avgust kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Besh kun oldin e’lon qilingan Ochlikni tekshirish qo‘mitasi hisobotida global oziq-ovqat xavfsizligi fazasi tasnifi (Integrated Integrated Phase Classification - IPC) tashabbusi doirasida G‘azo sektorining shimoli beshinchi – halokatli ocharchilik davrida ekani va kelgusi haftalarda bu holat Dayr al-Balah va Xon Yunusga tarqalishi mumkinligini ko‘rsatdi.

IPC mezonlariga ko‘ra, ocharchilik har kuni 10 000 kishidan kamida ikki kishi to‘yib ovqatlanmaslik yoki u bilan bog‘liq kasalliklardan vafot etadigan, besh yoshgacha bo‘lgan barcha bolalarning kamida 30 foizi o‘tkir to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekadigan va barcha uy xo‘jaliklarining beshdan bir qismi og‘ir oziq-ovqat ta’minotidan aziyat chekadigan vaziyat sifatida aniqlanadi.

Ayni paytda, 27 avgust kuni BMT Atrof-muhit dasturi direktori o‘rinbosari Joys Msuya yana Isroilni G‘azodagi ocharchilikni keltirib chiqarishda aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar hozir hech narsa qilinmasa, oqibatlar “tuzatib bo‘lmaydigan” xato bo‘ladi.

Isroilning BMTdagi elchisi Denni Danon o‘z mamlakati harbiy jinoyatlar sodir etgani haqidagi ayblovlarni qat’iyan rad etib, urush HAMAS “garovga olganlar uylariga qaytganida va HAMAS hokimiyatdan ketgach” yakunlanishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing