Isroil askarlari G‘azoda 13 yoshli qizaloqni boshidan o‘q uzib, o‘ldirdi
Olam
−
10 avgust 5102 1 daqiqa
G‘azo sektorida ikki kun avval – 8 avgust kuni Isroil armiyasi tomonidan otilgan o‘qlar oqibatida boshidan jarohat olgan 13 yoshli Saba Xashxash ismli qizaloq vafot etdi. Bu haqda “Anadolu” хабар berdi.
Tibbiy manbalarga ko‘ra, qiz G‘azo sektorining janubidagi Xon Yunis shahri Mavasi hududida Isroil harbiylari tomonidan otilgan o‘qlar oqibatida jarohatlangan. Saba Xashxash shifoxonada davolanayotgan vaqtda vafot etgan.
Bu orada Isroil armiyasi G‘azo sektorining turli hududlariga artilleriya zarbalari bergani va o‘q uzgani xabar qilingan.
Guvohlarning aytishicha, Xon Yunis janubidagi Tina ko‘chasi atrofi kuchli artilleriya o‘qlariga tutilgan. Isroil tanklari ham shahar janubidagi Qizan-Rashvan hududiga intensiv o‘q uzgan. Shuningdek, Isroil harbiy-dengiz kuchlariga tegishli qayiqlar G‘azo shahri sohillarini o‘qqa tutgani aytilmoqda.
Manbada ta’kidlanishicha, o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay, Isroil G‘azo sektoriga zarbalar berishda davom etmoqda va bu hududda odamlarning halok bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘azo shahrida Isroilning 2023 yil noyabr oyida Sabra mahallasiga bergan zarbasida halok bo‘lgan 112 nafar falastinlikning ommaviy dafn marosimi o‘tkazilgandi.
Live
Barchasi