Isroil AQSHni Eron masalasida ogohlantirdi

Olam

image

Isroil AQSHni agar Tehron ballistik raketalar bo‘yicha belgilangan “qizil chiziq”dan o‘tsa, Tel-Aviv Eronga qarshi yakka holda harbiy zarba berishga tayyorligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda “The Jerusalem Post” xabar berdi.

So‘nggi uchrashuvlar davomida Isroilning yuqori martabali harbiy amaldorlari amerikalik hamkasblarini ogohlantirdiki, Eronning ballistik raketalar yaratish dasturi Isroil mavjudligi uchun xavf tug‘diradi. Shu sababli, zarurat tug‘ilsa, Tel-Aviv mustaqil ravishda harakat qilishga tayyor. 

Ularning so‘zlariga ko‘ra, Isroil tomoni mamlakat mavjudligiga tahdid soladigan qurollar tizimini qayta tiklashga yo‘l qo‘ymasligini qat’iy ta’kidlagan va harakatlar turini tanlash huquqini o‘zida saqlab qolishini bildirgan. Isroil harbiylari AQSH tomoniga raketa dasturining samaradorligini pasaytirishga qaratilgan tezkor konsepsiyalarni ham taqdim etgan. Bu rejalar orasida Eronning muhim ob’ektlariga zarbalar berish ham bor. 

“Biz amerikaliklarga shuni aytdik: agar Eron ballistik raketalar bo‘yicha biz belgilagan qizil chiziqdan o‘tsa, biz yakka holda zarba beramiz”, degan nashr suhbatdoshlaridan biri. 
U Eron hozircha bu chegaraga yetilmaganini, biroq Eron ichidagi jarayonlarni doimiy ravishda kuzatib borayotganini qo‘shimcha qilgan.

Isroil harbiy amaldorlaridan biri hozirgi vaziyatni Eronning raketa infratuzilmasiga kuchli zarba berish va Isroil hamda qo‘shni davlatlarga bo‘lgan faol tahdidlarni neytrallash uchun “tarixiy imkoniyat” sifatida baholagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan 11 fevral kuni Vashingtonda uchrashishi haqida xabar berilgandi. Uchrashuvda asosiy mavzu – AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaralar, ayniqsa Eronning yadro dasturi va uning mintaqaviy ta’siri bo‘yicha bo‘lgan muzokaralar bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing