Ispaniyalik taniqli poygachi halokat oqibatida hayotdan ko‘z yumdi
Sport
−
16 yanvar 2024 3401 1 daqiqa
Ispaniyalik mototsikl poygachisi Karles Falkon 2024 yilgi Dakar rallisida baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi. AFP axborot agentligi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Falkon musobaqaning uchinchi kunida toshdan qilingan qiyin maydonda yiqilib, umurtqa suyagi sinishi va miyasining shikastlanishi oqibatida komaga tushgan. 46 yoshli ispaniyalik poygachi maxsus bosqichning 448-kilometrida halokatga uchragan. Baxtsiz hodisa haqida mas’ullarga uning orqasida ketayotgan poygachi xabar bergan.
Voqea joyiga yetib kelgan tibbiy vertolyotda jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan, biroq tibbiyot xodimlarining harakatlariga qaramay uning yuragi urishdan to‘xtagan.
Ma’lumot uchun, Falkon Dakar musobaqasida “Tvintrail” jamoasini sharafini himoya qilgan. 2022 yilda u mototsiklchilar o‘rtasidagi yakuniy reytingda 68-o‘rinni egallagandi.
Live
Barchasi