Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

Ispaniyadagi mundial Madrid klubining stadionisiz o‘tishi mumkin

Sport

image

Ispaniya 2030 yilda Portugaliya va Marokash bilan birgalikda futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. “Atletiko Madrid” klubi rahbariyati musobaqani o‘z stadionida o‘tkazishdan bosh tortmoqda. Bu haqda “El Mundo” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ayni vaqtda Ispaniyada qaysi stadionlar musobaqaga mezbonlik qilishi borasida qizg‘in munozaralar bo‘lmoqda. Ayniqsa, Madriddagi “Atletiko” klubining stadioni bo‘lgan “Metropolitano” turnirdan chetda qolishi mumkin. Sababi jamoa rahbarlari yangi mavsum oldidan ikki oy mobaynida mashg‘ulot o‘tkaza olmaydi va bu “matraschilar”ning mavsumdagi o‘yinlariga ta’sir o‘tkazishdan xavotirda.Bu muammo stadioning Jahon chempionatini qabul qiluvchi o‘yingohlar qatoridan tushib qolishiga olib kelishi mumkin. 

Yana bir shov-shuvli yangilik bu Vigodagi o‘yingohning Jahon chempionatidan chetlatilib, uning o‘rniga San-Sebastyandagi arenaning qo‘shilishi katta janjalga sabab bo‘lgan. Qayd etilishicha, tashkilotchilar San-Sebastyandagi “Real Sosedad” stadionining ayrim joylarini ta’mirlash majbur bo‘lgan. Mutaxassislar esa buni aldov deb qabul qilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, 2030 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati Ispaniya, Portugaliya va Marokashda o‘tkaziladi. Ispaniya bu musobaqaga mezbonlik qilish tajribasiga ega, ya’ni 1982 yilgi mundial Ispaniyada o‘tgan. Portugaliya va Marokash esa bu nufuzli turnirni o‘z maydonlarida qabul qilish tajribasiga ega emas.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Ispaniya Atletiko Madrid Metropolitano

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing