Ispaniyada poyezdning ustiga devor qulab tushdi. Qurbon bor (video)
Olam
−
21 yanvar 1983 1 daqiqa
Ispaniyaning Kataloniya mintaqasida kuchli bo‘ron tufayli temiryo‘l chetidagi devor harakatlanib ketayotgan poyezd ustiga qulab tushdi. Hodisa oqibatida stajyor mashinist halok bo‘ldi, 40 ga yaqin yo‘lovchi turli darajada jarohat oldi. Bu haqda AVS xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, fojia kecha, 20 yanvar kuni kechqurun Barselonadan taxminan 40 kilometr g‘arbda joylashgan Gelida shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Kataloniya yong‘in xizmati vakili Klaudi Gallardoning so‘zlariga ko‘ra, poyezd harakatlanayotgan paytda tayanch devor relslar ustiga qulab tushgan. Oqibatda bir kishi – poyezd mashinisti halok bo‘lgan, yana besh nafar yo‘lovchi og‘ir jarohat olgan.
Favqulodda xizmatlar axborotiga ko‘ra, jami 37 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, ularning aksariyati yengil jarohatlar olgan. Bir nafar yo‘lovchini esa shikastlangan vagon ichidan chiqarib olishga to‘g‘ri kelgan. Jarohatlanganlarning ko‘pi devor qulagan birinchi vagonda bo‘lgan.
Hozirda hodisa sababli hududda temiryo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniyada tezyurar poyezdlar to‘qnashib ketgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi