Islom Karimov: “O‘zbekistonning boyligi 40-50 million aholini boqishga yetadi” (video)

Bu qiziq

O‘zbekiston endigina mustaqillikka erishgan yillarda xalqni boqish qiyin bo‘lgani ko‘pchilikka sir emas. Bor-yo‘g‘i bir necha kunga yetadigan bug‘doy qolgani, oziq-ovqat zaxirasining tagi ko‘ringani haqidagi gaplar lof emasdi, ayni haqiqat. Xo‘sh, o‘sha vaqt O‘zbekiston qashshoqmidi? Yo‘q, shunchaki cho‘ntagidagi pulini ishlatolmasdi, xolos. Davlat mutaqil bo‘lganidan keyin ham ikki yil rubl bilan oldi-berdi qilinganidan buni fahmlash qiyin emas. 

Xo‘sh, o‘sha vaqtlarda O‘zbekistonning tabiiy boyliklari qancha edi? O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan bog‘liq yuqoridagi video ushbu savollarga aniqlik kiritadi. 

Karimov videoda oltin, kumush, noyob hamma qimmatbaho tabiiy ne’matlarga boyligini alohida e’tirof etadi. Islom Karimov szlari davomida Haj amallarini bajarib kelganini xotirlab, endi yolg‘on gapirishga haqi yo‘qligini qayd etadi. 

Islom Karimovga ko‘ra, O‘zbekistonning o‘sha vaqtdagi tabiiy boyliklari nafaqat 20 millionlik, balki 40-50 millionlik O‘zbekiston xalqini boqishga bemalol yetadi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Islom Karimov

Baholaganlar

307

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing