Interpol qidiruvida bo‘lgan o‘zbekistonliklar AQSH va Turkiyadan topildi
3-sahifa
−
14 avgust 2025 7424 1 daqiqa
Jinoyat sodir qilib, xalqaro qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik fuqarolar Turkiya hamda Amerika Qo‘shma Shtatlaridan topildi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu fuqarolarga turli jinoyatlar, jumladan soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik va boshqa qilmishlarni sodir etgani uchun qidiruv e’lon qilingan.
Amerika tomoni, shuningdek, Anqara Interpol Milliy markaziy byurosi, AQSH va Turkiya vakolatli organlari bilan olib borilgan muzokaralar, qo‘shma tezkor harakatlar va axborot almashinuvi natijasida qidiruvdagi shaxslarni mamlakat hududidan chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Shu tariqa AQSHning Immigratsiya va bojxona politsiyasi xodimlari hamrohligida ikki nafar jinoyatchi Nyu-Yorkdan Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga olib kelingan, yana ikki kishi esa Istanbuldan chiqarib yuborilgan. Keyin ular tergov harakatlarini o‘tkazish maqsadida Interpol Milliy markaziy byurosi va respublika hududiy Ichki ishlar organlari xodimlariga topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Interpol kanallari orqali qidiruvda bo‘lgan 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi Birlashgan Arab Amirliklarida ushlanib, O‘zbekistonga olib kelingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025