“Inter” Chempionlar ligasini tark etdi
Sport
−
25 fevral 944 1 daqiqa
Kecha, 24 fevral kuni UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichidan o‘rin olgan bir nechta uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ularning birida o‘tgan mavsum finalchisi “Inter” o‘z maydonida “Budyo-Glimt”ga mag‘lub bo‘lib, musobaqa bilan xayrlashdi.
Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda norvegiyaliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozongandi. Milandagi javob bahsida “Inter” keyingi bosqichga chiqish uchun kamida uch to‘p farqi bilan zafar quchishi kerak edi.
Biroq, birinchi bo‘limda har ikki jamoa ham darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Ikkinchi bo‘limning 58-daqiqasida Yens Xauge mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 72-daqiqada esa Hakon Evjen hisobni 2:0 ko‘rinishiga yetkazdi.
Mezbonlar 76-daqiqada Alessandro Bastonining goli evaziga hisobni qisqartirdi. Ammo, bu milanliklar uchun yetarli bo‘lmadi.
Shu tariqa, amaldagi finalchi “Inter” musobaqaning pley-off bosqichidayoq o‘z yurishini yakunladi. “Budyo-Glimt” esa nimchorak finalda “Manchester Siti” yoki “Sporting” jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushadi.
Live
Barchasi