Inoue va Nakatani o‘rtasidagi mutlaq chempionlik jangi sanasi e’lon qilindi
Sport
−
15:36 941 1 daqiqa
Super yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo‘lib turgan Inoue o‘ziga tegishli barcha kamarlarni Nakatanidan himoya qiladi. Jang joriy yilning 2 may kuni Tokiodagi “Tokio Dom” arenasida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Boksing News” nashri xabar berdi.
Bahsda ushbu vazn toifasidagi barcha nufuzli chempionlik kamarlari – WBA, WBC, IBF, WBO hamda The Ring kamari tikiladi.
Har ikki bokschi ham jangga 32 ta g‘alaba va birorta ham mag‘lubiyatsiz rekord bilan kirib kelmoqda. Inoue 27 ta jangni nokaut bilan yakunlagan bo‘lsa, Nakatani 24 ta muddatidan oldingi g‘alabaga ega. Nakatani esa mazkur vazn toifasidagi ikkinchi jangini o‘tkazadi. Inoue bu vaznga 2025 yil oxirida ko‘tarilgan.
Ma’lumot uchun, hozirda Inoue vaznidan qat’i nazar eng kuchli bokschilar reytingida ikkinchi o‘rinda qayd etilgan. Nakatani esa uch vazn toifasida sobiq jahon chempioni hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 14 sentyabr kuni yaponiyalik bokschi, mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue Yaponiyaning Nagoya shahridagi IG Arenada o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyevga qarshi jangdagi g‘alabasi orqali chempionlik unvonini himoya qilgandi.
Live
Barchasi