Infantino bir vaqtning o‘zida ikkita stadionda o‘yin tomosha qildimi?

Sport

image

Bugun, 26 iyun kuni FIFA prezidenti Janni Infantino Jahon chempionatining “E” guruhi 3-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuvni bir vaqtning o‘zida stadiondan kuzatgani haqida xabarlar tarqaldi.

Guruhning hal qiluvchi bahslari – Ekvador va Germaniya, shuningdek, Kyurasao hamda Kot-d’Ivuar o‘rtasidagi o‘yinlar bir vaqtning o‘zida boshlandi. Ekvador guruh peshqadami Germaniyani sensatsion tarzda 2:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Kot-d’Ivuar Kyurasaoni 2:0 hisobida yengib, 1/16 finalga yo‘l oldi.

Biroq o‘yinlardan ham ko‘ra ko‘proq muhokama qilingan voqea maydon tashqarisida sodir bo‘ldi. Janni Infantino har ikki stadionning katta ekranlarida bir vaqtning o‘zida ko‘rindi. Bu esa muxlislarda “u qanday qilib ikki xil shahardagi o‘yinda bir vaqtning o‘zida bo‘lishi mumkin?” degan savolni tug‘dirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tez orada FIFA prezidenti go‘yoki har ikki uchrashuvni ham stadiondan kuzatayotgandek tasvirlangan video va skrinshotlar keng tarqalib, qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Albatta, Infantinoning bir vaqtning o‘zida ikki o‘yinda bo‘lishi mumkin emas. Biroq u turnir boshlanishidan avval imkoni boricha bir kunda bir nechta uchrashuvni joyidan turib kuzatish niyati borligini ma’lum qilgan edi.

Bu maqsadda FIFA prezidenti shaharlar o‘rtasida xususiy samolyot orqali harakatlanmoqda. Ushbu samolyot Qatar Airways tomonidan turnir davomida foydalanish uchun Infantinoga maxsus taqdim etilgan. Yuqoridagi uchrashuvlar Filadelfiya va Ist-Raterford shaharlarida bo‘lib o‘tdi. Ikki arena orasidagi masofa qariyb 130 kilometrni tashkil etadi.

FIFA’dagi manbalarga ko‘ra, 56 yoshli Infantino jadval qanchalik og‘ir bo‘lmasin, imkoni boricha har kuni ikkita uchrashuvga tashrif buyurishga harakat qiladi. U 2022 yil Qatardagi Jahon chempionatida deyarli barcha 64 ta o‘yinni joyidan turib tomosha qilgan edi. Bunga stadionlar orasidagi eng uzoq masofa atigi 74 kilometr bo‘lgani imkon yaratgan.

Bu galgi Jahon chempionati esa uch davlat va to‘rtta vaqt mintaqasini qamrab olgan. Turnirdagi 16 ta stadion o‘rtasidagi eng uzoq masofa qariyb 4506 kilometrni tashkil etadi. Infantino esa musobaqadagi barcha ishtirokchilar ichida eng ko‘p masofani bosib o‘tuvchi shaxs bo‘ladi. Terma jamoalar orasida esa eng og‘ir safar jadvali Bosniya va Gersegovina hissasiga to‘g‘ri kelgan. Jamoa guruh bosqichida Torontodan Los-Anjelesga, u yerdan Sietlga boradi, shu bilan birga har bir uchrashuvdan keyin Solt-Leyk-Sitidagi mashg‘ulotlar bazasiga qaytib turadi. Ularning umumiy safar masofasi 5059 kilometrni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati uch mamlakat va to‘rtta vaqt mintaqasini qamrab olgan bo‘lib, 16 ta stadion orasidagi eng uzoq masofa qariyb 4506 kilometrni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing