Inesta Yamalning “Oltin to‘p” yutish imkoniyatini baholadi

Sport

image

“Barselona” va Ispaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta Kataloniya klubi yetakchilaridan biri bo‘lib borayotgan Lamin Yamalning kelajakda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish imkoniyatlari baholadi.  Bu haqda u “Estadio deportivo” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Bu uning o‘sishda davom eta olishiga bog‘liq. Lamin zarur fazilatlarga ega – u nihoyatda iste’dodli va juda mehnatkash. Oldinda uni katta sinovlar kutmoqda. Unda “Oltin to‘p”ni yutish uchun barcha imkoniyatlar bor. Eng muhimi, u rivojlanishda davom etishi kerak”, deydi Inesta.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilgi “Oltin to‘p” uchun ovoz berishda Yamal fransiyalik Usmon Dembeledan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan edi. La Liganing joriy mavsumida 18 yoshli futbolchi 21 uchrashuvda 10 ta gol urib, 9 ta golli uzatma amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya “Barselona” “Oltin to'p” Lamin Yamal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing