Imomali Rahmon Sholsni Tojikistonga taklif qildi
Olam
−
17 Sentabr 2024 6639 1 daqiqa
Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bugun, 17 sentyabr kuni Germaniya federal kansleri Olaf Shols bilan uchrashib, uni Tojikistonga taklif qildi. Bu haqda Tojikiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbatdoshlar ikki tomonlama aloqalarni kengaytirishni va mintaqaviy hamkorlik masalalarini muhokama qilgan. Shuningdek, Rahmon Tojikiston milliy strategiyalarini amalga oshirishda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va Germaniya taraqqiyot banki (KfW)ning katta hissasini alohida ta’kidlagan.
Qayd etilishicha, Shols Germaniyaning Tojikiston bilan energetika sohasida, jumladan, gidroenergetika va boshqa yashil energiya manbalari, tog‘-kon sanoati, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini bildirgan.
“Biz global nufuzga ega nemis kompaniyalarini Tojikiston bilan hamkorlik qilishga chaqiramiz”, degan kansler.
Eslatib o‘tamiz, 15 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda, kecha, 16 sentyabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Ostonada Germaniya federal kansleri Olaf Shols bilan tor va kengaytirilgan doirada muzokaralar o‘tkazgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025