Ibragimovich Belgiya-Eron o‘yinida uxlab qoldi
Sport
−
14:52 2625 1 daqiqa
Shvetsiyalik afsonaviy hujumchi, Italiya chempionatining besh karra g‘olibi Zlatan Ibragimovich Belgiya va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi Jahon chempionati bahsini tomosha qilayotgan vaqtda uxlab qolganini aytdi. Bu haqda u o‘zi ekspert bo‘lib ishlaydigan “Fox” telekanali efirida so‘z ochdi.
Ayni paytda “Fox” telekanalida ekspert sifatida faoliyat yuritayotgan Ibragimovich uchrashuv haqida keskin fikr bildirdi. AQSHning Inglvud shahrida bo‘lib o‘tgan bahs golsiz durang – 0:0 hisobi bilan yakunlandi. Belgiya terma jamoasi esa 66-daqiqada himoyachi Natan Ngoy qizil kartochka olganidan keyin o‘yinning qolgan qismini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazdi.
“Birinchi bo‘limda deyarli uxlab qoldim. Ikkinchi bo‘limda esa haqiqatdan ham uxlab qoldim. Bu o‘yin haqida boshqa hech narsa deyishning iloji yo‘q”, deydi Ibragimovich.
Ma’lumot uchun, Eron 2 ochko bilan hozirda turnir jadvalida Misr terma jamoasidan keyin 2-o‘rinlani egallab turibdi. Guruh bosqichining so‘nggi turida Eron Misrga qarshi maydonga tushadi. Belgiya esa Yangi Zelandiya bilan kuch sinashadi. Har ikki uchrashuv 27 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi