IBA JCHning eng yaxshi bokschi va jamoasini e’lon qildi
Sport
−
15 may 2023 24195 1 daqiqa
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) ikki hafta davomida Toshkent shahri mezbonlik qilgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatining turli nominatsiyalarida eng yaxshilarni taqdirladi.
-51 kg vaznda jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Hasanboy Do‘smatov IBA tomonidan Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi sifatida e’tirof etildi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, To‘lqin Qilichev murabbiyligidagi O‘zbekiston jamoasi JCHning eng yaxshi jamoasi deb topildi.
Ma’lumot uchun, musobaqa mezbonlari turnirda 5 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza, jami 9 ta medal umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 4 ta oltin va 1 ta kumush medalga ega chiqqan Qozog‘iston jamoasi umumjamoa hisobida 2-o‘rinni band etgan bo‘lsa, 2 ta oltin va 4 ta bronza medali bilan Rossiya jamoasi 3-o‘rin sohibiga aylandi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr