Gvardiola “Real”ga qarshi o‘yindan keyin nimalar dedi?
Sport
−
20 fevral 18330 1 daqiqa
“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Real”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda u bugun, 20 fevral kuni o‘yindan keyingi matbuot anjumanida so‘z ochdi.
“Himoyachilarning xatosidan so‘ng o‘tkazib yuborilgan birinchi goldan keyin bizning ahvolimiz ancha yomonlashdi. To‘g‘risini aytish kerak, bugungi bahsda kuchli jamoa g‘olib bo‘ldi. “Real Madrid”ni keyingi bosqichga yo‘l olgani bilan tabriklayman. Endi biz bor e’tiborimizni APLga qaratishimiz kerak bo‘ladi”, deydi Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, 20 fevralga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichi javob o‘yinida “Real Madrid” o‘z uyida “Manchester Siti”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Dastlabki bahs 3:2 hisobida madridliklar foydasiga hal bo‘ldi. Umumiy hisob 6:3 hisob va “qirollik klubi” keyingi bosqichga yo‘l oldi.