Gvardiola derbidan keyin nimalar dedi?
Sport
−
07 aprel
3832“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Manchester Yunayted”ga qarshi APL 31-tur uchrashuvi (0:0) natijasi haqida fikr bildirdi.
“Albatta, g‘alaba qozonsak yaxshiroq bo‘lardi... “Old Trafford” – bu “Old Trafford”. G‘alaba qozonish uchun har doim yaxshi o‘yin kerak. Biz o‘yinni to‘g‘ri tuzishga, to‘pni yaxshi nazorat qilishga va vaziyat yaratishga harakat qildik. Raqibimizda ham yaxshi vaziyatlar bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limning 10 yoki 15 daqiqasini yaxshi o‘tkza oldik. Bu mavsumda turli sabablarga ko‘ra ko‘p marta mag‘lub bo‘ldik”, deydi Gvardiola.
Qayd etish joiz, MYUga qarshi o‘yinda “Manchester Siti”ning o‘zbekistonlik a’zosi Abduqodir Husanov zahirada qoldirildi. 21 yoshli futbolchi klubining ketma-ket 2 ta o‘yinida maydonga tushmadi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” keyingi o‘yinini Angliya chempionati 32-turi doirasida o‘z uyida “Kristal Pelas”ga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:30 da start oladi.
LiveBarchasi
Toshkentda podstansiya yonib ketdi.
11 aprel
Trenddagilar



