“Golden Boy” sovrini uchun asosiy da’vogarlar e’lon qilindi
Sport
−
16:47 393 2 daqiqa
Ispaniya terma jamoasi va “Barselona” himoyachisi Pau Kubarsi “Golden Boy 2026” sovrini uchun yangilangan nomzodlar reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasi ma’lum qildi.
“Golden Boy” sovrini Yevropa chempionatlarining yuqori divizionlaridan birida ishtirok etayotgan 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchiga beriladi.
Top-10 reytingi quyidagicha:
- Pau Kubarsi (“Barselona”)
- Lamin Yamal (“Barselona”)
- Yan Diomande (“Real Madrid”)
- Uorren Zair-Emeri (“Pari Sen-Jermen”)
- Ayub Buaddi (“Lill”)
- Viktor Fryoxoldt (“Portu”)
- Rayan (“Bornmut”)
- Endrik (“Real Madrid”)
- Eli Krupi (“Bornmut”)
- Estevao Villian (“Chelsi”)
Futbolchi mazkur sovrinni faoliyati davomida faqat bir marta qo‘lga kiritishi mumkin. Shu sababli Lamin Yamal “Golden Boy” sovrinini ikkinchi marta yuta olmaydi. Ispaniyalik futbolchi 2024 yilda ushbu mukofot sohibi bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, ushbu sovringa 2003 yilda Italiyaning “Tuttosport” gazetasi tomonidan asos solingan bo‘lib, Yevropa oliy ligalarida o‘ynayotgan eng yorqin yosh futbolchilarni taqdirlashga mo‘ljallangan. Bu mukofot “Oltin to‘p” taqdirlash marosimidagi “Kopa” sovrinidan biroz farq qiladi. “Golden Boy” sovrini to‘liq kalendar yili hisobiga beriladi. Ovoz berishda Fransiya, Ispaniya, Angliya, Portugaliya va boshqa davlatlar vakillari ishtirok etadi. “Kopa” esa mavsum uchun topshiriladi. Bu sovringa ovoz berishda faqat “Oltin to‘p” egalari qatnashadi.
Live
Barchasi