Germaniyadagi qishloqlardan birida chumolilar sabab internet bir haftaga uzildi
Bu qiziq
−
21 iyun 2023
15633G‘arbiy Germaniyadagi qishloqlardan biri chumolilarning juftlashish jarayoni oqibatida bir haftaga internetdan uzilib qoldi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.
Qayd etilishicha, chumolilarning katta to‘dasi mahalliy telekommunikatsiya provayderining aloqa qutisiga joylashgan. Oqibatda kabellar va taxtalarning yuzasida korroziya (yemirilish)ga olib keluvchi qalin kislota qatlamini qoldirgan. Buning oqibatida mahalliy aholi bir hafta davomida internetdan foydalana olmagan, shuningdek, qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishning ham imkoni bo‘lmagan.
Mutaxassislar chumolilarni aloqa qutisidan olib tashlab, kabellarni almashtirganidan so‘nggina qishloqqa yana internet qaytgan. Shunga qaramay, mahalliy aholi chumolilar juftlashish uchun yana aloqa qutilarini tanlashidan xavotirlanmoqda. Aloqa qutilariga xizmat ko‘rsatadigan kompaniya chumolilarning bosqini oqibatida beshta nosozlik qayd etilganini aniqlagan.