G‘arb sanksiyalari ko‘plab o‘nglanmas oqibatlarga olib keladi – Rossiya TIV

Olam

image

Moskva AQSH va Yevropa Ittifoqining cheksiz va noqonuniy sanksiyalariga javob choralari ustida ishlamoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Yevropa birinchi departamenti direktori Aleksey Paramonov RIA Novostiga bergan intervsida aytib o‘tgan

"Rossiya AQSH va YeIning misli ko‘rilmagan miqyosdagi cheklov choralari va xalqaro huquq nuqtai nazaridan qaraganda noqonuniy sanksiyalar bosimiga javob choralarini ishlab chiqmoqda”, deydi Paramonov. 

Shu bilan birga, Paramonov gap majburiy javob haqida ketayotganini urg‘ulagan. 

“Sanksiyalar bizning tanlovimiz emas. Biz Rossiyaga "to‘liq moliyaviy va iqtisodiy urush" e’lon qilgan Fransiya Iqtisodiyot vaziri Bryuno Le Merning bayonotlari mantig‘i Italiyada o‘z izdoshlarini topib, bir qator o‘nglanmas oqibatlarga olib kelishini xohlamaymiz", deydi u. 

Eslatib o‘tamiz, G‘arb mamlakatlari Ukrainada boshlangan urushga javoban Rossiyani har tomondan siquvga olib, og‘ir sanksiyalarni qo‘llay boshladi. Rubl kursi quladi, Rossiya banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. Markaziy bankning xorijdagi oltin-valyuta zaxiralari bloklandi. Millarderlarning ham chet eldagi ko‘plab hisoblari muzlatildi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. 

Bunday sanksiyalarga Rossiya ham jim qarab turmayapti. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi kecha, 15 mart kuni AQSHga qarshi javob sanksiyalarni e’lon qildi. Moskva “qora ro‘yxat”ga AQSH Prezidenti Jo Bayden, Davlat kotibi Entoni Blinken, Mudofaa vaziri Lloyd Ostin, AQSH Prezidentining o‘g‘li Xanter Bayden va boshqalarni kiritgan.

Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etish davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

554

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing