“G‘arb birligi chiqindi qutisiga tashlandi”. Yevropa Alyaska sammitidan norozi bo‘lmoqda

Olam

image

Butun dunyo AQSH Prezidenti Donald Tramp va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvini tinimsiz muhokama qilayotgan bir paytda Yevropa Alyaskadagi sammitdan u qadar xursand emasligini bildirmoqda. Xususan, Yevroparlamentning Mudofaa qo‘mitasi rahbari Mari-Agnes Shtrak-Simmerman G‘arb birdamligi  yo‘qolganiga iddao qilmoqda. Bu hadqa u “Welt”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“G‘arb birligi bugungi tundan kechiktirmay axlatga tashlandi. Bir tarafda Rossiya turibdi, ular urush, anneksiya qiladi, jazosiz o‘ldiradi. Ikkinchi tarafda esa Tramp qo‘li ostidagi AQSH turibdi, u butunlay qadriyatlar kompasini yo‘qotgan va faqat o‘z egosini birinchi o‘ringa qo‘ygan. Yevropa va uning hamkorlari harakat qila boshlashlari kerak, aks holda biz tarix sahifalarida faqat eslatma sifatidagina qolamiz”, degan Simmerman.

Norvegiya Tashqi ishlar vaziri Espen Bart Eyde ham AQSH – Rossiya sammiti yakunlari bo‘yicha ijobiy fikrda emas. U bugun, 16 avgustda Osloda Tramp va Putin uchrashuvi yuzasidan matbuot-anjumani o‘tkazdi.

Vazir bir guruh jurnalistlarga Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni qo‘llash davom etishini ma’lum qildi.

“Vladimir Putin bosim susaygan, degan tasavvurga ega bo‘lishi mumkin emas. Biz Rossiyaga nisbatan bosimni saqlab qolishimiz va hatto kuchaytirishimiz kerak. Bu Moskvaga Ukrainaga bosqin uchun badal to‘lashga majbur etiladigan aniq signal bo‘ladi”,  dedi Espen Bart Eyde.

Norvegiya Tashqi ishlar vazirining aytishicha, hozircha unda Alyaskadagi uchrashuv mazmuni haqida kam ma’lumot bor. Uning fikricha, hech qanday aniq qarorlar qabul qilinmagan, bu esa uchrashuv oldidan berilgan ishoralarga mos keladi. Eyde anjumanda nutq so‘zlarkan,  Putinni vaqtdan yutishga urinayotganlikda ayblab, bunda katta xavf borligini ta’kidlagan.

“Putin AQSHni Yevropadan va qolgan ittifoqdoshlardan ajratishga harakat qilayotganiga hech qanday shubha yo‘q”, dedi u. 

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun qattiq harakat qilish zarur. Ham Ukraina, ham uning yevropalik ittifoqdoshlari uchun Tramp Ukraina hukumati ishtirokisiz Ukraina nomidan hech qanday imtiyoz bermagani juda muhim edi. Eyde Alyaskada bunday holat kuzatilmagan, degan taassurotga egaligiligini bildirgan.

Litva Mudofaa vaziri Dovile Shakalene esa Alyaskadagi sammit haqida X ijtimoiy tarmog‘ida bergan izohida Rossiya Prezidentini Yevropa hamda Ukrainaga nisbatan yashirin tahdidlarda aybladi.

Putinni urush jinoyatchisi deb nomlagan Shakalane Rossiya rahbarining so‘zlarini qayd etarkan,  Putin AQSH Prezidentiga qarata: sizni sog‘lom va tirik holda ko‘rib turganimdan juda xursandman, degani uni ajablantirganini yozgan.

U, shuningdek, Rossiya Ukrainada tinch aholini bombardimon qilishni davom ettirayotganini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yevropa Ittifoqi (YeI) davlat rahbarlari Alyaskada Rossiya va AQSH Prezidentlari – Vladimir Putin va Donald Tramp o‘tkazgan sammit yakunlariga oid bayonot e’lon qilgandi.

Dilbar Shoakromova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Rossiya Evropa Vladimir Putin Donal'd Tramp Alyaska

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing