G7 yetakchilari Rossiyadan aktivlarini adolat bilan tortib olishni muhokama qiladi
Olam
−
29 dekabr 2023 6886 2 daqiqa
G7 yetakchilari 2024 yilning fevral oyida uchrashib, Rossiyaning muzlatilgan 300 milliard dollarlik aktivlarini musodara qilishning qonuniy asoslarini muhokama qiladi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, AQSH va Buyuk Britaniya rasmiylari so‘nggi oylarda Belgiya va Yevropaning boshqa shaharlarida immobilizatsiya qilingan Rossiya aktivlarini musodara qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarini jadallashtirish ustida ish olib bordi va “Katta yettilik” yetakchilari fevral oyi oxirida, Moskva bosqinining ikki yilligi munosabati bilan yangi jazolar qo‘llashni ko‘rib chiqadi.
Bildirilishicha, bu “adolatli tarzda” Rossiya aktivlarini musodara qilishga yordam beradi.Manbalarning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar Buyuk Britaniya, Yaponiya va Kanada ko‘magida G7 ishchi guruhlari tashkilot yetakchilari uchun variantlarni ishlab chiqishni taklif qildi.
“AQSH Rossiya qanday javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqidagi huquqiy nazariyani ishlab chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Bizning fikrimizcha, bu xalqaro miqyosda sudlarda ko‘rib chiqiladi va qonuniy deb tan olinadi”, deydi manba.
“Katta yettilik” yetakchilari uzoq vaqtdan buyon Rossiya xalqaro huquq bo‘yicha urushni to‘xtatishi va Jahon bankiga ko‘ra, 400 milliard dollardan oshib ketgan zararni to‘lashi shartligini ta’kidlab keladi.
Shu bilan birga, Germaniya, Italiya, Fransiya hamda YeIning boshqa a’zolari har qanday qaror qabul qilishdan oldin Rossiyaga nisbatan jazo chorasining qonuniyligini o‘rganish zarurligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Rossiyaning 300 mlrd dollarini Ukrainaga bermoqchi ekani haqida ma’lum qilgan edik.
Live
Barchasi