Futbol Braziliya termasi o‘ziga xos rekord o‘rnatdi

Sport

image

Bugun 2 fevral kuni Braziliya terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichining 16-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Paragvay qabul qilib 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu g‘alaba evaziga “pentakampeonlar” o‘ziga xos rekord qayd etishdi.

Gap shundaki Braziliya termasi jahon chempionati saralash bosqichidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 32 ta uchrashuvga yetkazib oldi va Janubiy Amerika mamlakatlari o‘rtasida yangi rekord o‘rnatdi. Avvalgi Janubiy Amerika rekordi ham “selesao”ga tegishli bo‘lib 1993 yilda qayd etilgan.

Bu borada jahon rekordini Ispaniya terma jamoasi o‘rnatgan. Ya’ni “qizil furiya” 1993 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan davrda jahon chempionati saralashida 66 o‘yinda mag‘lubiyat nima ekanini bilmagan.

Saralash bosqichida Braziliya terma jamoasi 16 o‘yinida 39 ochko jamg‘argan va Argentinadan 4 ochko oldinda bormoqda. Har ikki jamoa Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, Braziliya – Paragvay o‘yini Belu-Orizonti shahridagi “Mineyrao” stadionida bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Braziliya JCh-2022 Ispaniya

Baholaganlar

48

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing