Fuqarolar tarvuz-qovundan zaharlanib vafot etdimi?

Jamiyat

image
Endi tarvuzning pishganini bilish uchun chertib ko‘rish shart emas north_east

Endi tarvuzning pishganini bilish uchun chertib ko‘rish shart emas

Ijtimoiy tarmoqda O‘zbekistonda qovun va tarvuz mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida bir necha fuqaroning vafot etganligi to‘g‘risidagi xabar tarqaldi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi respublikada bu kabi holatlar qayd etilmaganini va xabar asossizligini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, poliz mahsulotlarini iste’mol qilish bilan bog‘liq oshqozon-ichak faoliyatining buzilish holatlari uchrab turishi mumkin va unga bir necha omillar sabab bo‘ladi:

  • odam organizmining o‘ziga xos xususiyatlariga;
  • bir paytda iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan mahsulotlarning aralashtirib iste’mol qilinishi;
  • poliz mahsulotining eskirib qolganligi (kesilgandan keyin uzoq vaqt turib qolganligi);
  • ular tarkibida nitrat va nitritlarning me’yordan ortiqligi va boshqalar.

Sanepidqo‘mita aholini poliz mahsulotlarini xarid qilishda quyidagilarga e’tibor qaratishga chaqirdi:

  • faqat ruxsat etilgan (savdo rastalari, bozor hududi, savdo majmualari) joylardan poliz mahsulotlarini xarid qilish;
  • poliz mahsulotlarni xarid qilish jarayonida laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tganligiga e’tibor qaratish;
  • katta (magistral) yo‘l yoqalari, aholi yashash mavzelarida sotilayotgan poliz mahsulotlari laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tmagan bo‘lishi mumkinligini unutmaslik!

Eslatib o‘tamiz, oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida yetishtirilgan qovun mahsulotlarida nitrat miqdori me’yordan ortiq ekani va uni iste’mol qilgan fuqarolar zaharlanayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Viloyat hokimligi esa tarmoqlarda tarqalgan videolavhadagi qovun navlarining Surxondaryo viloyatida yetishtiriladigan mahsulotlarga hech qanday aloqasi yo‘qligini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

zaharlanish tarvuz qovun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing