Fransiyadagi Rossiya konsulligi yaqinida portlash yuz berdi

Olam

image

Bugun, 24 fevral kuni Fransiyaning Marsel shahridagi Rossiya konsulligi yaqinida portlash yuz berdi. Bu haqda BFM TV xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rossiya konsulligi sakkizinchi okrugda joylashgan. Voqea joyiga 30 ga yaqin o‘t o‘chiruvchilar va politsiya xodimlari jo‘natilgan.

“Marsel o‘t o‘chiruvchilari portlash Rossiya konsulligidan uncha uzoq bo‘lmagan 8-okrugda sodir bo‘lganini tasdiqladi”, deyiladi xabarda.

Keyinchalik Rossiyaning Marseldagi bosh konsuli Stanislav Oranskiy konsulxona yaqinida portlash sodir bo‘lganini va voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelganini tasdiqlagan.

Birozdan so‘ng, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ushbu holat yuzasidan o‘z fikrini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Marseldagi bosh konsulligi yaqinidagi portlashlarda teraktning barcha belgilari bor.

“Moskva Fransiyadan portlashlarni tekshirish bo‘yicha keng qamrovli choralar ko‘rishni, shuningdek, Rossiyaning xorijiy institutlari xavfsizligini mustahkamlash choralarini ko‘rishni talab qilmoqda”, deya qo‘shimcha qilgan Zaxarova.

Eslatib o‘tamiz, 3 fevral kuni Rossiya poytaxti Moskva shimoli-g‘arbidagi “Aliye parusa” turarjoy majmuasida portlash sodir bo‘lgandi. Turarjoy hududida portlovchi moslamaning ishga tushishi oqibatida besh kishi jarohatlangan, bir kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Rossiya konsulligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing