Fransiyada sayyohlik samolyoti halokatga uchradi
Olam
−
21 may 2022 7364 1 daqiqa
Bugun, 21 may kuni Fransiya janubi-sharqida sayyohlik samolyoti aviahalokatga uchradi. Oqibatda taxminan 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BFMTV telekanali politsiyadagi manbalariga tayanib, xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea Izer departamenti (Overn-Rona-Alp tog‘lari mintaqasi)da sodir bo‘lgan. Hozircha voqea tafsilotlari keltirilmagan.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot Parij vaqti bilan 16:30 atrofida Lez-Adre kommunasiga qulagan. U mahalliy uchish klubiga tegishli bo‘lib, bugun birinchi parvozini amalga oshirgan.
Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar va politsiya xodimlari ishlamoqda.
Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart