Fransiya Ukrainaga qo‘shin kiritish uchun yashirincha mashqlar o‘tkazdi

Olam

image

Fransiya o‘z qo‘shinlarining Ukrainaga kirishi mumkinligi uchun yashirin harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Bu haqda kecha, 15 yanvar kuni “Intelligence Online” xabar berdi.  

“Perseus” mashqlari 2024 yil kuzida Fransiyadagi poligonda 10 kun davom etdi va armiya maxsus kuchlarining (CAST) 3200 ga yaqin askarini jalb qildi. Nashrning ta’kidlashicha , ular mashqlar davomida Rossiya qo‘shinlarining Ukraina hududiga bo‘lishi mumkin bo‘lgan zarbasini Belarus hududidan qaytarishni mashq qilgan.

Mashqlar uchun o‘z xususiyatlariga ko‘ra, Kiyev shimolidagi Dnepr daryosining burilishiga o‘xshash hudud tanlandi. “Intelligence Online” ma’lumotlariga ko‘ra, mashg‘ulotlarning asosiy maqsadlari dronlar va elektron urush tizimlaridan foydalanishni sinovdan o‘tkazish edi. Shu bilan birga, “Perseus”ning ba’zi ishtirokchilari FPV dronlarining yo‘qligidan norozi bo‘ldi va fransuz ishlab chiqaruvchilarining ushbu turdagi dronlarni ishlab chiqishda ortda qolayotganidan xavotir bildirdi.

2024 yilning 19 dekabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Bryusselda Yevropa yetakchilari bilan Ukrainaga tinchlikparvar kontingentni joylashtirish masalasini muhokama qildi. Zelenskiy tinchlikparvar missiyaning mumkin bo‘lgan formati haqida izoh berishdan bosh tortdi va bu “nozik masala” ekanini ta’kidladi.

“Bu tafsilotlar masalasi va biz ularni muhokama qilyapmiz”, deya qo‘shimcha qildi u.

“Reuters” xabariga ko‘ra, Ukrainaga Fransiya, Germaniya, Italiya, Polsha va Buyuk Britaniyadan harbiylar yuborilishi mumkin. Shu bilan birga, agentlik manbalarining qayd etishicha, ayrim yevropalik yetakchilarning fikricha, hozir bu masalani hatto muhokama qilish vaqti ham emas.

Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni yuborish imkoniyati Makronning o‘tgan yilning 7 dekabr kuni Parijda AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp va Zelenskiy bilan uchrashuvidan keyin faolroq ko‘tarila boshlandi. “Reuters” manbalariga ko‘ra, Tramp Amerika qo‘shinlarining mumkin bo‘lgan tinchlikparvar operatsiyada ishtirok etishini rad etib, bu yevropaliklarning ishi ekanini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 yanvar kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot qilgandi. Suhbat davomida Ukrainada “harbiy kontingent”ni joylashtirish g‘oyasi ham muhokama qilingandi. Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u Makron bilan “tinchlikka erishish va Ukraina uchun samarali xavfsizlik kafolatlarini ishlab chiqishda asosiy ittifoqchilar bilan yaqindan hamkorlik qilishga” kelishib olgan.  


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Ukraina mashqlar Perseus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing