Fransiya Norvegiyani yirik hisobda mag‘lub etdi

Sport

image

Bugun, 27 iyun kuni Fransiya milliy terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turida Norvegiyani 4:1 hisobida mag‘lub etdi. 

Uchrashuv AQSHning Massachusets shtatidagi Foksboro shahrida bo‘lib o‘tdi. Fransuzlar safida Usmon Dembele 7, 20 va 32-daqiqalarda xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Dezire Due 90+4-daqiqada hisobga nuqta qo‘ydi. Norvegiyaning yagona goliga esa 21-daqiqada Telo Osgord mualliflik qildi.

Uchrashuvning 50-daqiqasida Fransiya darvozaboni Mayk Menyan norvegiyalik Yorgen Larsen tomonidan tepilgan penaltini bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham shaxsiy sabablarga ko‘ra uchrashuvda ishtirok etmadi. Avvalroq uning onasi vafot etgani munosabati bilan Fransiyaga qaytgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning vazifasini mazkur bahsda yordamchisi Gi Stefan bajardi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Fransiya 9 ochko bilan “I” guruhida birinchi o‘rinni egallab, pley-offga yo‘l oldi. Norvegiya esa 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinni saqlab qoldi. Fransiyaning 1/16 finaldagi raqibi keyinroq ma’lum bo‘ladi. Norvegiya esa joriy yilning 30 iyun kuni Texas shtatining Arlington shahrida bo‘lib o‘tadigan pley-offning birinchi bosqichida Kot-d’Ivuarga qarshi maydonga tushadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing