Fransiya bir kishi kam bo‘lib Braziliyani mag‘lub etdi
Sport
−
27 mart 2418 1 daqiqa
Kecha, 26 mart kuni Fransiya va Braziliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Massachusets shtatining Foksboro shahrida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Fransiya g‘alaba qozondi.
1998 yilgi Jahon chempionati finalchilari o‘rtasidagi bahs Fransiyaning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Dastlab uchrashuvning 32-daqiqasida Kilian Mbappe hisobni ochishga erishdi. Ikkinchi bo‘limning 55-daqiqasida Fransiya himoyachisi Dayo Upamekano qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Biroq shunga qaramay oradan 10 daqiqa o‘tib, 65-daqiqada Ugo Ekitike yevropaliklarning 2-goliga mualliflik qildi. Braziliya safida esa yagona gol 78-daqiqa Gleyson Bremer tomonidan kiritildi.
Ma’lumot uchun, Braziliya va Fransiya terma jamoalari 1998 yilgi Fransiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati finalida to‘nash kelgan va unda Fransiya g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. Bu jamoalar oxirgi bor esa 2015 yil 15 martda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgan va unda Braziliya 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.
Live
Barchasi