Finlyandiya Prezidenti O‘zbekistonga keladi
Olam
−
18 Oktabr 3460 1 daqiqa
Joriy yilning 30-31 oktyabr kunlari Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda Finlyandiya rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif doirasida 31 oktyabr kuni Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Suhbat chog‘ida tomonlar Finlyandiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi geosiyosiy vaziyat, Rossiyaning Ukrainaga qarshi harakati, shuningdek, ko‘p tomonlama tizimni qo‘llab-quvvatlash borasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.
Tashrif davomida Prezident Stubb biznes seminarida ishtirok etadi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ma’ruza o‘qiydi hamda tashqi siyosat bo‘yicha mutaxassislar bilan uchrashadi.
Prezident delegatsiyasi tarkibida parlament a’zosi va Finlyandiya–O‘zbekiston do‘stlik guruhi raisi Ville Skinnari hamda Finlyandiya savdo va sanoat vakillari bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi bor 1992 yilda Finlyandiya prezidentlaridan Mauno Koyvisto O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb bilan telefon orqali muloqot qilgandi.
Live
Barchasi