Finalissima Dohada o‘tkazilishi mumkin

Sport

image

Argentina va Ispaniya o‘rtasidagi kutilayotgan Finalissima uchrashuvi 2026 yil 28 mart kuni Qatar poytaxti Dohadagi “Lusail” stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Mundoalbiceleste” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Finalissima uchun bir necha mezbon variantlar Mayami (AQSH), Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni) va Montevideo (Urugvay)  ko‘rib chiqilgan. Biroq hozircha Dohadagi “Lusail” stadioni eng asosiy nomzod sifatida e’tirof etilmoqda. Mazkur o‘yin 2026 yilgi jahon chempionati oldidan Amerika va Yevropa chempionlari o‘rtasidagi muhim to‘qnashuv sifatida o‘tkazilishi kutilmoqda.

An’anaviy tarzda Yevropa chempioni va Janubiy Amerika Kubogi (Copa América) g‘olibi o‘rtasida o‘tkaziladigan Finalissima uchrashuvida bu safar Ispaniya va Argentina terma jamoalari to‘qnash keladi. Uchrashuvga 2022 yilgi Jahon chempionati finali bo‘lib o‘tgan “Lusail” stadioni mezbonlik qilishi rejalashtirilgan.

Hozircha uchrashuv sanasi va joyi har ikki federatsiya tomonidan rasman tasdiqlanmagan.

Ma’lumot uchun, 2021 yilda bo‘lib o‘tgan Finalissima uchrashuviga Londonning “Uembli” stadioni mezbonlik qilgandi. Unda Italiya va Argentina terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelgan. Yakunda Lotin Amerikasi vakillari 3-0 hisobida g‘alaba qozongan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Argentina Ispaniya Finalissima

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing